Toshkentda Spark piyodalar yo‘lagida uch nafar chet el fuqarosini urib ketdi
Xavfli manyovr qilib, boshqaruvni yo‘qotgan Spark'ning rulida 18 yoshli haydovchi bo‘lgan. Jabrlanuvchilar turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ular Hindiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
13 oktyabr soat taxminan 22:30 da Toshkentning Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Gazeta.uz'ning poytaxt IIBB tayanib yozishicha, 2005 yilda tug‘ilgan Sh.T. o‘z boshqaruvidagi Spark (davlat raqami 80 X 013 RA) avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar o‘tish joyida uch nafar piyodani urib ketgan.
Natijada piyodalar – P.X. (1983 y.t.), I.R. (1983 y.t.) va X.A. (1978 y.t.) tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Qalampir.uz xabariga ko‘ra, jabrlanganlar – Hindiston fuqarolaridir. P.X. chap boldir suyagi sinishi; I.R. bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi; X.A. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan RShTYoIMga yotqizilgan.
IIBB tergovga qadar tekshiruv boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shu kuni – 13 oktyabrda shaharning Yunusobod tumanida Spark piyodalar o‘tish joyida 70 yoshli ayolni urib yubordi. Keksa ayol tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024