Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harorat yuqori bo‘lgan vaqtda yo‘llarda yuk tashuvchi transport harakatiga mavsumiy cheklov o‘rnatiladi
Bu – yo‘l xo‘jaligi sohasiga oid yangi prezident qarorida ko‘zda tutilgan. Qarorga ko‘ra, shuningdek, M39 “Toshkent – Termiz” yo‘lining “Toshkent – Chinoz” yo‘nalishidagi 817 – 827 km qismini xorijiy texnologiyalar va xalqaro standartlar asosida sement-beton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi.
“Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvardan:
- avtomobil yo‘llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda saqlashdan iborat bo‘ladi;
- loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo‘l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etiladi;
- avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo‘yicha kamida uch yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi;
- yilning harorat yuqori bo‘lgan vaqtlarida avtomobil yo‘llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o‘rnatiladi.
Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining “Toshkent – Chinoz” yo‘nalishidagi 817 – 827 km qismini ilg‘or xorijiy texnologiyalar va zamonaviy xalqaro standartlar asosida sement-beton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi.
2023 yil 31 dekabrgacha davlat budjeti mablag‘lari hisobidan avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish (shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish), qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv hamda qurilish-pudrat tashkilotlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida baholash mezonlari takomillashtiriladi.
Mavzuga oid
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
14:51 / 12.04.2025