Fan-texnika | 17:47 / 16.10.2023
35365
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan “OMODA 2023 Texnika kuni” ko‘rgazmasida innovatsion avtomobillar namoyish etildi

16 oktyabr kuni Xitoyning Uxu shahrida “OMODA 2023 Texnika kuni” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ekologik hamkorlik bo‘yicha foydalanuvchilarning 2023 yildagi OMODA Xalqaro anjumanining muhim qismi bo‘lib, “Texnologiyalar qo‘l ostimizda” mavzusiga bag‘ishlangan. Unda OMODAʼning uzluksiz innovatsiyalar va kelajakdagi texnologiya yetakchiligiga sodiqligini yaqqol namoyon etuvchi yangi platformalar, kengaytirilgan intellekt va innovatsion tajriba g‘oyalari va ko‘rgazmalari taqdim etilgan.

Foto: OMODA

Favqulodda, g‘ayriodatiy yuzaga kelgan platforma - uchinchi avlodning PHEV gibrid texnologiyasi bilan jihozlangan

Ikki uglerodli maqsadlarning qat’iy talablariga muvofiq, ekologik jihatdan toza, past uglerodli va yuqori sifatli rivojlanish borgan sari avtomobil ishlab chiqaruvchilar faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, OMODA avtomobil energiya yechimlarining turli-tumanligi va bir vaqtning o‘zida ekologik jihatdan toza va past uglerodli elastik o‘zgaruvchan texnologiyalarni faol o‘rganmoqda.

Uchinchi avlodning PHEV  (Plug-in Hybrid Electric Vehicle) texnologiyasi bilan jihozlangan yangi platforma yuqori energiya, samaradorlik va ishonchlilikni o‘zida mujassam etgan mukammallikni namoyon etadi. U yuqori samaradorlik va energiya tejamkorligi o‘rtasida uyg‘unlashgan muvozanatni ta’minlaydi. Ushbu innovatsion platformaga asoslanib, OMODA doimiy ravishda foydalanuvchilar bilan birgalikda orzularni ro‘yobga chiqaradigan va kelajakka intiladigan, ajoyib unumdorligi va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish sifati bilan ajralib turadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga tayyordir.

"Yangi energiya + sun’iy intellekt" birlashmasi avtomobillarni oddiy harakatlanish vositasidan kelajak mobilligining ajralmas qismlariga aylantiradi. Intellektual – aqlli mobillik tushunchasi asta-sekinlik bilan haqiqatga yaqinlashmoqda. Ushbu muhim bosqichda turgan OMODA kompaniyasi intellektual mobillik sohasida o‘zining yaxshi tomonlarini ko‘rsatdi.

Tech Day – Texnika kunida OMODA kompaniyasi "elektrlashtirish, intellekt, ulanish va hamkorlikda foydalanish" sohasidagi sezilarli yutuqlarni o‘zida mujassam etgan va kelajakning intellektual mobilligi uchun yangi ufqlarni ochuvchi Robotaxi modeliga asoslangan ko‘plab avtonom haydash texnologiyalarini taqdim etdi. Intellektual nuqtai nazardan qaraganda, transport vositalaridagi ChatGPT integratsiyasi OMODA kompaniyasining yana bir ajoyib yangiligi hisoblanadi. U avtomobil va foydalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yangi bosqichga olib chiqadi va yanada ravon, erkin va antropomorfik interaktiv tajriba yaratib, foydalanuvchilarga o‘z transport vositalari bilan oddiy “suhbatlar” orqali vazifa buyruqlarini osonlikcha bajarish imkonini beradi.

"Birinchi navbatda foydalanuvchi" falsafasiga asoslanib, OMODA kompaniyasi o‘zining keng qamrovli, chegarasiz ekotizimini doimiy ravishda takomillashtirish, foydalanuvchilar bilan birgalikda yaratish, birgalikda foydalanish va o‘zaro manfaatli natijalarini amalga oshirish uchun zamonaviy foydalanuvchilarning transport vositalaridan foydalanish ssenariylariga e’tibor qaratib, barcha darajalarda sinxronlashtirishga intiladi. OMODA brendining birinchi ishlab chiqargan mahsuloti bo‘lgan ekologik jihatdan toza velosiped kompaniyaning green mobility – ekologik rejasining dastlabki mahsulotini anglatadi. Kelgusida to‘liq elektrlashtirilgan uzoq yo‘l, hatto suv va tog‘-u toshlarda yurish uchun mo‘ljallangan, OMODA Ye5 modelini ishlab shiqarishni niyat qilgan OMODA kompaniyasi ekologik jihatdan toza energetika va intellektual o‘zaro ta’sirchanlik sohasida har tomonlama rivojlanishga erishishni ko‘zda tutgan.

Shuningdek, 16 oktyabrda Xitoyning Uxu shahrida JAECOO 2023 – Texnologiyalar kunining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Uzoq yo‘l, hatto suv va tog‘-u toshlarda yurish uchun mo‘ljallangan rivojlanayotgan brend hisoblanmish JAECOO modeli eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, JAECOO mahsulotlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan PHEV texnologiyasining uchinchi avlodini namoyish etadi. Brend yo‘ldan tashqari holatlarda ekologik jihatdan toza tizimni yaratish va uzoq yo‘l, hatto suv va tog‘-u toshlarda yurish uchun mo‘ljallangan avtomobillar uslubini qaytadan anglab yetishga intiladi.

JAECOOʼning kelajakdagi yo‘l xaritasida uglerod chiqindilarini kamaytirishning tizimli va aniq yo‘li bayon qilingan. Kompaniya yanada samarali energiya yechimlarini o‘rganishdan tashqari, PHEV mahsulotlarini ham taqdim etadi. JAECOO kompaniyasi “Off-Road + Green Technology – Yo‘lsizlik + Ekologik jihatdan toza texnologiyalar” shiori ostida foydalanuvchilar uchun ishga qatnashning keng qamrovli, samarali va yuqori samaradorlikka ega ekologik jihatdan toza usulini yaratishga intiladi. Intellektual texnologiyalar sohasida JAECOO kompaniyasi intellektual haydash va uchuvchining intellektual texnologiyalar kabineti sohasini doimiy ravishda takomillashtirib, yanada yoqimli va insonga qaratilgan interaktiv tajribani taklif qilib, intellektual mobillik ekotizimida yetakchi bo‘lishga intiladi. Innovatsion intellektual ARDIS All-Road tizimi ochiq havoda faol hordiq chiqarishni sevuvchilarni yo‘ldan tashqarida haydashda maksimal nazoratni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Ishonchli texnologiya bilan jihozlangan JAECOO brendining barcha modellari yuqori darajada chidamlilik, ajoyib quvvat va ilg‘or texnologiyalarga ega. Yaqinda Jyeneva xalqaro avtosalonida ilk chiqishini namoyish qilgan J8 dunyodagi eng yaxshi texnik xususiyatlar va xavfsizlikning besh yulduzli standartlariga ega JAECOO flagman modelining jozibadorligini namoyish etdi va keng auditoriyani jalb eta oldi. Ma’lum qilishlaricha, J8 barcha ssenariylar uchun intellektual tizimning to‘liq uzatmalari bilan jihozlangan va barcha modellar uchun standartdagi 2.OTGDI + 7DST dvigateli bilan to‘plamda taqdim etiladi, bu esa foydalanuvchilarga turli xil sayohat ssenariylarini osonlikcha yengib o‘tish imkonini beradi. AR-HUD virtual reallikning immersiv displeyi, ipakdek mayin egilgan yuzali ultra aqlli 24,6 dyuymli ekran, SONY custom ovoz tizimi va ritmik atmosferali sharshara uslubidagi 256 rangli yoritgich kabi funksiyalar sensorli, vizual va eshitish o‘lchamlari tufayli hashamatli boshqarish hissiyotini yaratadi.

2023 yilning Texnika kuni OMODA va JAECOO modellari orqali yangi davrda avtomobil innovatsiyasi haqidagi chuqur mulohazalarni o‘zida mujassam etgan. Innovatsion genlar yangi sanoatning yetakchi turlariga aylanishini taxmin qilish mumkin. Kelajakda biz OMODA o‘zining yaxlit “yashil” texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash orqali kelajakning “yashil”, intellektual mobilligi uchun yangi paradigma yaratishga chaqirayotganini kutishimiz mumkin. JAECOO esa intellektual tozalangan yo‘lsiz sohalar uchun yangi paradigma o‘rnatadi.

Telegram: t.me/uzomoda

Instagram: @omoda_uz

Facebook: fb.com/Omodauzb

Reklama huquqi asosida