O‘zbekiston | 07:45 / 17.10.2023
20573
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yil uchun doktoranturaga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

2024 yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10 noyabriga qadar qabul qilinadi. 

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024 yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10 noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30 noyabrga qadar uzaytirildi.

Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.

2024 yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10 noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. 

Kirish imtihonlari 30 noyabrga qadar uzaytirilgan.

Mavzuga oid