Rolls-Royce 2,5 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
Xodimlar sonini qisqartirish kompaniyaning yangi rahbarlari tomonidan qo‘llanayotgan samaradorlikni oshirish bo‘yicha strategiyaning bir qismi ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters
Rolls-Royce (RR.L) kompaniyasi biznesni optimizatsiya qilish yo‘lida 2,5 ming ishchisi bilan xayrlashishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Kompaniya so‘nggi 10 yil ichida bir necha marta xodimlarini ishdan bo‘shatdi. Bu davrda tizimdagi o‘zgarishlar sabab 13 ming ishchi o‘rni qisqartirildi.
2023 yil yanvarida Rolls-Royce bosh direktori lavozimini egallagan Tufan Erginbilgich kompaniya muammolarini bartaraf etishga harakat qilmoqda. Boisi Rolls-Royce keng fyuzelyajli samolyotlar sektorida asosiy raqobatchisi General Electric’ga raqobatni boy berib kelmoqda.
17 oktyabr kuni e’lon qilingan bayonotda 42 ming xodimning 2,5 mingi ishdan olinishi aytilgan.
«Bu samarador, raqobatbardosh, barqaror Rolls-Royce’ni yaratish uchun ko‘p yillik transformatsiya yo‘lidagi yana bir qadamdir», — deydi Erginbilgich.
Rolls-Royce qaysi mamlakatdagi ishchilari qisqartirilishi haqida ma’lumot bergan. Kompaniyaning Buyuk Britaniyada 21 ming, Germaniyada 11 ming, AQShda esa 5,5 ming xodimi bor.
Ma’lumot uchun, Rolls-Royceʼning dvigatellari, tizimlaridan Airbus 350, Boeing 787 kabi samolyotlar, shuningdek, kemalar, suvosti kemalari, energiya ishlab chiqarish sohalarida foydalaniladi.
Reuters’ga ko‘ra, uzoq masofali reyslarning qayta tiklanishi, yangi bosh direktorning strategiyasi sabab joriy yil Rolls-Royce’ning aksiyalari 130 foizdan ko‘proqqa qimmatlagan.
Mavzuga oid

14:33 / 01.12.2024
Hindistonlik roja Rolls-Royce’dan chiqindi yig‘uvchi mashina sifatida foydalanganmi?

16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi

07:10 / 03.08.2024
Rolls-Royce har bir xodimiga 700 funt sterling qiymatidagi aksiyalarni beradi

15:06 / 24.02.2024