Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Vakillar palatasi ikkinchi marta spikerni saylay olmadi
Respublikachilar vakili Kevin MakKarti spikerlik lavozimidan chetlatilganidan so‘ng, yangi spikerni saylash jarayoni muvaffaqiyatsiz kechmoqda.
AQSh Vakillar palatasida spikerni saylash jarayoni ikkinchi marta muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda CNN yozdi.
Qayd qilinishicha, Vakillar palatasi Adliya qo‘mitasi rahbari, respublikachi Jim Jordan saylovda 199 ovoz to‘pladi, demokratik ozchilik nomzodi Hakim Jyeffris 212 ovoz yig‘di. Spiker lavozimiga saylanish uchun 217 ovoz to‘plash talab qilinardi.
3 oktyabr kuni Vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil qiluvchi respublikachilar vakili Kevin MakKarti spikerlik lavozimidan chetlatildi. Keyinchalik u Jim Jordan nomzodini qo‘llab-quvvatladi. Yangi spiker uchun ovoz berishning birinchi bosqichi 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Jim Jordan 200 ovoz, Hakim Jyeffris 212 ovoz to‘plagan edi.
Politico xabariga ko‘ra, Jordan markazchi respublikachilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi, chunki u AQSh ichki muammolariga e’tibor qaratish tarafdori.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025