Buxoroda avtomobilning davlat raqami belgilarini yashirgan haydovchi aniqlandi
Bu harakati bilan haydovchi yo‘llarda o‘rnatilgan radar qurilmalari qayd etgan jarimalarni to‘lashdan qochishga uringani aytilmoqda.

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida olib borilgan reydda Spark rusumli avtomobilning davlat raqami tekshirilganida haydovchi uni o‘zgartirgani, raqamlar ustiga boshqa belgilarni yopishtirib olgani aniqlangan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» kanali lavhasida ma’lum qilindi.
Qayd qilinishicha, haydovchi o‘zgartirilgan raqamlar bilan 8 marta tezlikni oshirib, radarga tushgan.
«Bu harakati bilan haydovchi yo‘llarda o‘rnatilgan radar qurilmalari qayd etgan jarimalarni to‘lashdan qochishga uringan», deyiladi lavhada.
Haydovchi avtomobil onasiga tegishli ekanini bahona qilib, tezlikni oshirgani, hatto avtomobil boshqarganini ham tan olmagan.
Lavhada tekshiruvlar o‘z tasdig‘ini topgani, haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgani aytilgan. Jazo chorasi qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025