O‘zbekiston | 08:08 / 18.10.2023
7779
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yeryong‘oqning yangi navi yaratildi

Ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etadi.

Foto: Videodan kadr

O‘zbekistonda yeryong‘oqning yangi navi yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qildi.

Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Maxfirat Amanova 17 yil davomida yeryong‘oqning yangi turini yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib bordi.

Olima yeryong‘oqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xo‘jaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urug‘li, urug‘i tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan «Lider» navini yaratishga va davlat reyestriga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

«Lider» navli yeryong‘oq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan to‘liq raqobatlasha oladi. Ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etadi.

Mavzuga oid