Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz tarmog‘iga ulanmagan issiqxonalarga gaz yetkazib beriladi
Tadbirkorlik sub’yektlariga 1 kub.m. gaz yetkazish tannarxi 1500 so‘mni tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Energetika vazirligi bilan kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmog‘iga ulanmagan issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini boshladi.
Qayd qilinishicha, tadbirkorlik sub’yektlariga 1 kub.m. gaz yetkazish tannarxi 1500 so‘mni tashkil qiladi. Tadbirkor gaz ta’minotidan foydalanishi uchun raqamli o‘lchov hisoblagich o‘rnatishi, zaxira yoqilg‘iga ega bo‘lishi hamda oldindan bo‘nak to‘lovini amalga oshirishi talab qilinadi. Xabarda tadbirkorlarga yetkazib beriladigan gaz turi va usuli haqida ma’lumot keltirilmagan.
Xabarga ko‘ra, 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari muhokama etilgan. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, «Hududgazta’minot» AJ mas’ullari hamda issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ishtirok etgan.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:51 / 28.03.2025