O‘zbekiston | 11:19 / 19.10.2023
3920
2 daqiqa o‘qiladi

Minskda «Belarus–O‘zbekiston» do‘stlik jamiyati tashkil etildi

Foto: Dunyo AA

Belarus Xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati tarkibida «Belarus–O‘zbekiston» do‘stlik jamiyati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Do‘stlik uyida bo‘lib o‘tgan ta’sis yig‘ilishida Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona hamda ishonchli munosabatlar muhimligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, aloqalar ko‘p yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. 

Yig‘ilishda Belarus Xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati raisi Nina Ivanova ushbu jamiyatning tashkil etilishi O‘zbekiston madaniyati, tarixi va an’analari bilan yaqindan tanishish uchun keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish imkonini berishini ta’kidladi. 

«Belarus O‘zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan aloqalarida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi masofa jug‘rofiy jihatdan uzoq bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston va Belarus hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Ikki do‘st mamlakat xalqlarini juda yaqin va umumiy jihatlar bog‘lab turadi», - dedi yig‘ilishda O‘zbekistonning muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov.

 

Mavzuga oid