Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev suv xo‘jaligi sohasi mutasaddilariga e’tiroz bildirdi
Mamlakatda 5-6 mlrd metr kub suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanmoqda. Kanallarni beton qilish orqali suv yo‘qotishlari kamaytiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda suv muammosi kun sayin dolzarb bo‘lib borayotgani ta’kidlandi.
So‘nggi ikki yilda suv xo‘jaligiga, jumladan suv tejovchi texnologiyalarga katta miqdorda subsidiya ajratilgan.
Lekin o‘tgan yili iste’mol qilingan 39 mlrd metr kub suvning 36 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgani ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, yerlarning 70 foizi eski usulda sug‘orilgani bois, 5-6 mlrd metr kub suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanayotgani aytildi.
Bugungi kunda 2,5 mln gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 7 mlrd kilovatt soat elektr sarflanadi. Lekin 80 foiz nasoslar 35-40 yildan beri ishlatilib, o‘z resursini o‘tab bo‘lgan.
Davlat rahbari suv xo‘jaligidagi bunday vaziyatdan chuqur tashvishdaligini qayd etib, soha mutasaddilariga qattiq e’tiroz bildirdi.
Kanallarni beton qilish orqali yo‘qotishlarni kamaytirish, nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, suv inshootlarida avtomatlashgan hisoblagich o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025