Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Markaziy Osiyo – Hindiston» formatida vazirlar uchrashuvi o‘tkaziladi
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Hindiston elchisi ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya navbatdagi majlisi va «Markaziy Osiyo – Hindiston» formatida vazirlar uchrashuvini o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyev Hindiston elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan qator yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qo‘shma tadbirlar jadvali, xususan, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlislari hamda «Markaziy Osiyo – Hindiston» formatida vazirlar uchrashuvini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar kun tartibidan ikki davlatning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalari ham o‘rin oldi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025