O‘zbekiston | 11:20 / 20.10.2023
4312
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasiga asos solindi

Prezident administratsiyasi departament rahbari Odil Abdurahmonov O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Foto: Olympicuz

O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Milliy olimpiya qo‘mitasida assotsiatsiyaning ilk konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda prezident administratsiyasi departament rahbari Odil Abdurahmonov nomzodi O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi raisligiga ilgari surildi. Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi va O.Abdurahmanov yangi tashkil etilgan ushbu assotsiatsiya raisi etib saylandi.

Kun tartibiga muvofiq, assotsiatsiya raisi o‘rinbosarlarining tarkibi ham shakllantirildi. Unga ko‘ra, yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Jahongir Navro‘zov, Mohir Karimov hamda Shohruh Daliyev assotsiatsiya raisning o‘rinbosarlari lavozimiga saylandi.

Mavzuga oid