Hindiston yangi kosmik missiya uchun raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Hindiston 2024-2025 yillarda «Gaganyan» boshqariladigan kosmik missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Unga tayyorgarlik doirasida uchuvchisiz raketaning birinchi sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Hindiston yangi kosmik missiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun rejalashtirilgan bir nechta sinov parvozlarining birinchisini amalga oshirdi. 21 oktyabr, shanba kuni janubiy Shrixarikota orolidagi kosmik markazda muvaffaqiyatli yakunlangan uchuvchisiz raketa sinovida astronavtlarni favqulodda evakuatsiya qilish tizimining ishlashi tekshirildi, deb xabar berdi Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO).
Bu va keyingi sinovlar 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan «Gaganyan» boshqariladigan missiyasini ishga tushirishga tayyorgarlik dasturining bir qismidir. Uning davomida bortida uch astronavt bo‘lgan kema Yerdan 400 kilometr balandlikka ko‘tarilib, qaytishi kerak bo‘ladi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatning 2035 yilga borib orbitaga kosmik stansiyani chiqarish, 2040 yilda esa Oyga astronavt yuborish maqsadi borligini ma’lum qildi. Avgust oyi oxirida Hindistonning «Chandrayan-3» zondi Yer tabiiy sun’iy yo‘ldoshiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, sentabr oyi boshida esa Bengal ko‘rfazidagi milliy kosmodromdan quyoshni o‘rganish uchun birinchi hind apparati – Aditya-L1 avtomatik stansiyasi uchirildi.
Mavzuga oid
22:10 / 19.11.2024
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024