OChL. «Nasaf» BAAda 90+14-daqiqada penaltidan foydalana olmay mag‘lubiyatga uchradi
OChL 3-turi doirasida «Nasaf» Birlashgan Arab Amirliklarida «Sharja»ga mag‘lubiyatga uchradi.

Mezbonlardan Kayo Fernandesh 45+5-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, qarshiliklar o‘yin oxirida hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo Azizbek Amonov 90+14-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.
Shu tariqa, «Nasaf» OChLda mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatni tan oldi va V guruhida 6 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. BAA klubi esa 7 ochko bilan peshqadamga aylandi.
OChL. 3-tur
«Sharja» (BAA) - «Nasaf» - 1:0
Hakam: Fu Ming, (Xitoy)
Gol: Kayo Fernandesh 45+5.
Foydalanilmagan penalti: Azizbek Amonov, 90+14 (darvozabon)
«Sharja»: 40.Odil Alhosani, 3.Alhsan Alhenavi (15.Abdulaziz Al-Ka’bi, 51), 7.Kayo Fernandesh, 10.Miralem Pyanich, 18.Abdulla Alalavi, 19.Holid Ibrohim (8.Muhammad Abdulbosit, 57), 24.Majid Rashid, 30.Usmon Kamara, 44.Konstantinos Manolas (17.Dhari Fahad, 67), 88.Majid Hassan, 91.Mussa Marega.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev (17.Suhrob Nurulloyev, 77), 7.Akmal Mozogovoy, 18.Bahrom Abdurahimov (77.Oybek Bozorov, 46), 19.Mateus Kruz (10.Andres Chavez, 77), 21.Doniyor Narzullayev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Jaba Jigauri, 88.Marko Stanoyevich (99.Azizbek Amonov, 58), 92.Umarbk Eshmurodov.
Chetlatish: Majid Hassan, 90+2 (Sharja).
Mavzuga oid

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

21:13 / 17.02.2025
Elit OChL. «Paxtakor» Riaskosning dubli evaziga «As Sadd»ni mag‘lub etib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi

00:00 / 24.10.2024