Jahon | 22:56 / 23.10.2023
5662
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya yashash uchun ruxsatnoma talablarini kuchaytirdi

Endi ko‘chmas mulk sotib olish orqali ruxsatnomaga ega bo‘lish uchun mulk qiymati kamida 200 ming dollarga teng bo‘lishi shart.

Foto: Kun.uz

Turkiyada 16 oktyabrdan boshlab, ko‘chmas mulk sotib olganda beriladigan yashash uchun ruxsatnoma talablari kuchaytirildi.

Qayd qilinishicha, endi yashash uchun ruxsatnoma olish imkonini beradigan ko‘chmas mulkning qiymati 200 ming dollar bo‘lishi shart. Bu haqda Turkiya migratsiya xizmati boshqarmasi mamlakat ko‘chmas mulk kompaniyalariga xabar jo‘natgan.

Ilgari, yashash uchun ruxsatnoma olish uchun chet elliklar Istanbul, Anqara va Antaliyada 75 ming dollar, boshqa hududlarda esa 50 ming dollarlik ko‘chmas mulk sotib olishi talab qilinar edi.

Turkiya migratsiya xizmati boshqarmasi shartlar nega kuchaytirilgani haqida xabar bermagan.

The Insider nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini ortidan, Turkiyada rossiyaliklar tomonidan ko‘chmas mulk va yashash uchun ruxsatnomaga bo‘lgan talab ortgan.

Mavzuga oid