O‘zbekiston | 08:12 / 24.10.2023
7651
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida portlovchi moddani noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi 

DAF yuk mashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda uning bagajida yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1,85 kilogramm porox moddasi borligi aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Toshkent viloyati chegara bojxona postida portlovchi moddani noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi.

Viloyat bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, “Yallama” chegara bojxona postiga kirib kelgan DAF yuk mashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda uning bagajida yo‘lovchi deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1,85 kilogramm porox moddasi borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga binoan porox moddasi portlovchi moddalar tarkibiga kiradi. Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Mavzuga oid