Vazir o‘rinbosari Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Oybek Ne’matovich Hamroyev Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Oybek Hamroyev 1984 yilda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tug‘ilgan.
2006 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr) va 2012 yilda Siyosiy tadqiqotlar instituti (Yaponiya, magistratura)ni tamomlagan.
2006 yildan buyon investitsiya vazirligida turli lavozimlarda ishlab kelgan, 2023 yil fevralida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Samarqand viloyat hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2022 yil martidan buyon Oybek Mirzabekov ishlab kelayotgandi.
Sentyabr oyida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Olimxon Rustamov va Sarvar Hamidov ham lavozimidan ozod etilgandi. Keyinroq Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025