Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada karta o‘ynagan davlat xizmatchilari ishdan ketdi
Ular karta o‘ynayotgani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanidagi davlat xodimlari karta o‘ynagani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, ular ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, fotosuratdagi Uchko‘prik tumani kambag‘allikni qisqartishirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Daliyev va tuman iqtisodiyot, moliya bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Rahmonaliyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Dilshodbek Daliyev ishdan bo‘shash haqida o‘zi ariza yozganini ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilgan.
«Beayb parvardigor. Tan olish ham mardning ishi. Alloh nazaridan qolmasam bo‘ldi. Men o‘zimni oqlamoqchi emasman. Xato qilgan bo‘lsam, qonun oldida javob beraman. Mard bo‘lib arizamni yozib, kecha ishdan ketganman», deb yozdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, fotosurat eski bo‘lib, 26 avgustda (shanba, dam olish kuni) olingan. Voqea qayerda sodir bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan. Shuningdek, fotosuratdagi qolgan ikki nafar shaxsning kimligi ham noma’lum.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025