Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlandi
Parlament saylovlarida muxolifatdagi «Qonun va adolat» partiyasi g‘alaba qozondi. Shu bilan birga, u mutlaq ko‘pchilik ovozini ololmadi va ittifoqchilari bilan ko‘pchilik o‘rinni egallashi dargumon.
Polshada parlament saylovlarida muxolifat g‘alaba qozongach, mamlakat prezidenti Anjyey Duda 24 oktyabr, seshanba kuni yangi hukumatni shakllantirish bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshladi. Dastlab, u o‘ziga yaqin bo‘lgan hukmron o‘ng «Qonun va adolat» partiyasi rahbarlari bilan uchrashdi.
Saylovlar natijasida bu partiya g‘alaba qozondi, ammo 460 o‘rindan atigi 194 tasini oldi. Mutaxassislar uning ittifoqchilari bilan parlamentda ko‘pchilikni tashkil etishini dargumon, deb hisoblaydi.
Polsha hukumatini tuzishda fuqarolik koalitsiyasining imkoniyatlari
Kun davomida Duda Polsha sobiq bosh vaziri Donald Tusk boshchiligidagi liberal-konservativ «Fuqarolik koalitsiyasi» a’zolarini ham qabul qildi. Ushbu koalitsiya ikki hamkori - markazchi «Uchinchi yo‘l» alyansi va so‘llar bilan birgalikda 248 o‘rinning ko‘pchiligini to‘plashga qodir.
Mutaxassislar fikricha, Duda birinchi navbatda yangi vazirlar mahkamasini shakllantirishni «Qonun va adolat» partiyasi vakiliga ishonib topshiradi. Agar uning harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, parlament 2007 yildan 2014 yilgacha bu lavozimda ishlagan Tuskni bosh vazir lavozimiga tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025