Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy «Markaziy Osiyo – Xitoy» gaz quvuri yangi liniyasini qurishni jadallashtirmoqchi
Quvurning o‘tkazish quvvati yiliga 30 milliard kub metrni tashkil qiladi.
Xitoy milliy neft korporatsiyasi (CNPC) «Markaziy Osiyo-Xitoy» gaz quvuri qurilishini jadallashtirishni rejalashtirmoqda.
Quvur Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali o‘tadi va tarmoqning D yo‘nalishiga aylanadi. Hozirgi vaqtda «Markaziy Osiyo – Xitoy» gaz quvurining A, B, va C yo‘nalishi faoliyat yuritmoqda. D quvurining quvvati yiliga 30 milliard kub metrni tashkil qiladi.
Qayd qilinishicha, yangi tarmoqning o‘tkazuvchanligi A, B, va C yo‘nalishlaridan 50 foiz ortiq bo‘ladi.
A, B, va C liniyalari Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududidan o‘tadi, loyihaviy gaz yetkazish quvvati yiliga 55 milliard kub metrni tashkil etadi. D liniyasi ishga tushirilgach, Turkmanistonning Xitoyga gaz yetkazib berish imkoniyati yiliga 35 milliarddan 65 milliard kub metrgacha oshadi.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025