Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xavfsizlik kengashi Rossiya va AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyutsiyalarini rad etdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashida Yaqin Sharq bo‘yicha Amerika rezolyutsiyasi loyihasi Rossiya va Xitoy tomonidan bloklandi, Rossiya hujjati kerakli ovozlarni ololmadi.
BMT Xavfsizlik kengashi 25 oktyabr, chorshanba kuni yana Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha taklif qilingan rezolyutsiyalardan birortasini qabul qila olmadi. Rossiya va Xitoy Amerika loyihasiga veto qo‘ydi, Rossiya hujjati yetarlicha ovoz ololmadi, deyiladi jahon tashkiloti saytida.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining 10 a’zosi AQSh taklif qilgan rezolyutsiya uchun ovoz berdi, ikki davlat - Mozambik va Braziliya betaraf qoldi. Unga Rossiya va Xitoydan tashqari Birlashgan Arab Amirliklari ham qarshi chiqdi. Moskva versiyasini to‘rtta davlat qo‘llab-quvvatladi, ikkitasi - Buyuk Britaniya va AQSh qarshi ovoz berdi. Xavfsizlik kengashining yana to‘qqiz a’zosi ovoz berishda betaraf qoldi.
Rossiya va AQSh rezolyutsiyalari o‘rtasidagi farq nimada?
Rossiya va AQSh taklif qilgan rezolyutsiyalarda zo‘ravonlik, jumladan HAMASning Isroilga hujumlari qoralanadi va insonparvarlik yordami yetkazilishi talab qilinadi. Shu bilan birga, Rossiya «humanitar asosda zudlik bilan, barqaror va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga» chaqirmoqda. Moskva shuningdek, Isroildan G‘azo sektori aholisini anklav janubiga evakuatsiya qilish buyrug‘ini to‘xtatishni talab etmoqda.
Amerika loyihasi har qanday davlatning o‘zini himoya qilish huquqini qayd etib, xalqaro huquq normalariga rioya qilishga va terrorizmni moliyalashtirishni to‘xtatishga chaqiradi. Shuningdek, u «humanitar pauza» e’lon qilishni taklif etadi. Biroq, AQSh versiyasi, Rossiya loyihasidan farqli o‘laroq, o‘t ochishni to‘xtatish chaqirig‘ini o‘z ichiga olmaydi, deya qayd etadi BMT.
Har ikki tomondan ham tanqid
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Amerika rezolyutsiyasini «butunlay siyosiylashtirilgan» deb atadi va uning maqsadi «tinch aholini qutqarish emas, balki AQShning mintaqadagi siyosiy yo‘l-yo‘riqlarini belgilab qo‘yish» ekanini aytdi.
AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild, o‘z navbatida, Rossiyani «hech qanday maslahatlarsiz» va «bir qator muammoli bo‘limlar bilan» o‘z loyihasini ilgari surgani uchun «bema’ni va mas’uliyatsiz xatti-harakatlarda» aybladi.
Mavzuga oid
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025