Xitoyda bukiluvchan parrakli transformer avtomobil namoyish etildi
Xpeng kompaniyasi kelajakda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan ikkita g‘ayrioddiy avtomobilni namoyish etdi.
Xitoyning Xpeng AeroHT kompaniyasi kelajak avtomobilining ikkita prototipini taqdim etdi. Ikkalasi ham butunlay o‘zgacha va harakatlanishning g‘ayritabiiy usullarini taklif qiladi.
Birinchisi «Model A» deb nomlangan, tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ikki eshikli kupega o‘xshash. Buklanadigan parraklar bilan jihozlangan va shaffof eshiklarga ega. Orqa tomonda LED faralar va katta ventilyatsiya teshiklari mavjud.
Ko‘zgu o‘rniga kameralar ishlatiladi. Eshik tutqichlari ham yo‘q. Ushbu tashqi xususiyatlar parvoz va harakatlanish paytida havo qarshiligini kamaytirish uchun joriy qilingan.
Asosiy xususiyat — ustki qismida joylashgan rotorlar. Ular sakkizta va korpus ichiga yashirilishi mumkin, bu esa avtomobilni yo‘llarda haydashda yanada ixcham va xavfsizroq qiladi. Biroq, ishlab chiquvchilar taqdimot davomida bu variantni namoyish etmadi.
Uchar mashinaning vazni taxminan 1000 kilogrammni tashkil qiladi. Ilgari uning narxi million yuan (≈1,6 mlrd so‘m) ekani aytilgandi. Debyut 2024 yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, prototip hali ham juda qo‘pol ko‘rinadi va aftidan, ommaviy ishlab chiqarishdan yiroq.
Ikkinchi prototip «Model B» nomini olgan. U birinchi versiyadan tubdan farq qiladi. U yerda harakatlanuvchi modul (asosiy transport) va uchuvchi drondan iborat bo‘lib, tashqi ko‘rinishi miniven yoki ixcham yuk mashinasiga o‘xshaydi.
Futuristik avtomobilning asosiy qismi oltita g‘ildirakka ega. Salonda oltita o‘rindiq bor. Elektr dron qo‘lda va avtomatik boshqaruvga ega, ammo faqat ikkita yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu modulli avtomobil ustuvor yo‘nalish hisoblanadi, chunki transformer avtomobilni ishlab chiqish ancha qiyin.
Xpeng AeroHT elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchi Xpeng kompaniyasi bo‘limi, 2013 yilda tashkil etilgan.
Mavzuga oid
16:48
Xitoylik hakerlar AQShdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
02:02
Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi
22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi
21:00 / 21.11.2024