O‘zbekiston | 23:09 / 27.10.2023
10586
2 daqiqa o‘qiladi

Meta - O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya 

To‘langan soliqlarning 97 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Foto: Reuters

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 48,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, 2023 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 52 ta xorijiy kompaniya tomonidan 48,3 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. 

Bunda, to‘langan soliqlarning 97 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatda qariyb 19 mlrd so‘m soliq to‘lagan Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) yetakchilik qilmoqda. 

Eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniyalar:

- Meta - 18,7 mlrd so‘m;

- Google - 14,9 mlrd so‘m;

- Apple - 9 mlrd so‘m;

- Vooking.som - 1,2 mlrd so‘m;

- Netflix - 916,7 mln so‘m;

- Xsolla - 613,7 mln so‘m;

- Yandex - 476,4 mln so‘m;

- Adobe Systems - 326,5 mln so‘m;

- Microsoft - 326 mln so‘m;

- Activision - 310,4 mln so‘m.

Mavzuga oid