Navoiyda jarima maydonidagi yuk mashinasini chiqarib berish uchun 1,5 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Navoiy viloyati Tomdi tumanida yuk avtomashinasini pul evaziga jarima maydonidan chiqartirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Tomdi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda E.M. ismli shaxs (muqaddam sudlangan) fuqaro H.B.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun to‘plangan hujjatlar bo‘yicha go‘yoki IIBda ishlovchi tanishlari yordamida uning foydasiga qaror qabul qilib berishni va’da qilgan. U yuk avtomashinasini va temir quvurlarini jarima maydonidan chiqartirib berishi evaziga 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

18:13 / 13.02.2025