Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHTning birinchi transport forumi bo‘lib o‘tadi
Anjumanda transport sohasida istiqbolli va mavjud loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 1 noyabr kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) birinchi transport forumi bo‘lib o‘tadi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ShHT mamlakatlari transport va logistika sohasi vakillari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va samarali transport yo‘laklarini yaratish iborat.
Anjumanda transport sohasida istiqbolli va mavjud loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda. O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun keng imkoniyatlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Mavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
09:45 / 11.04.2025
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
11:43 / 10.04.2025