Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beshta arxeologik yodgorlik ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi
Toshkentdagi «Chilonzor Oqtepa», Surxondaryodagi «Dalverzintepa», Andijondagi «Mingtepa», Samarqanddagi «Sheroz qal’a» va Qoraqalpog‘istondagi «Qo‘yqirilgan qal’a» arxeologik yodgorliklarida ochiq osmon ostidagi muzeylarni yaratish ustida ish olib borilmoqda.
O‘zbekistondagi beshta arxeologik yodgorlik ochiq osmon ostidagi muzey va sayyohlik obektlariga aylanadi.
Hududiy restavratsiya markazlari tomonidan Toshkentdagi «Chilonzor Oqtepa», Surxondaryo viloyatidagi «Dalverzintepa», Andijon viloyatidagi «Mingtepa», Samarqand viloyatidagi «Sheroz qal’a», Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi «Qo‘yqirilgan qal’a» arxeologik yodgorliklarida qator ishlar amalga oshirildi.
«Sheroz qal’a» arxeologik yodgorliklarini muzeylashtirish uchun Madaniy meros agentligi tomonidan 1 mlrd so‘m, «Dalverzintepa» 800 mln so‘m, «Chilonzor Oqtepa»ga 500 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Obektlarning konvervatsiyalanadigan qismlari metall konstruksiyalar bilan qoplangan yoki panjara bilan o‘ralgan bo‘ladi. Kuzatuv maydonchalari qurish, tashrif buyuruvchilar uchun o‘rindiqlar joylashtirish, yo‘lakchalar yotqizish, lampalar o‘rnatish ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
01:32 / 26.01.2025