O‘zbekiston | 13:00 / 28.10.2023
8804
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UNION ON ANHOR– GoldenHouse kompaniyasidan yangi loyiha

Foto: Golden House

Golden House kompaniyasi o‘zining yangi loyihasi – UNION ON ANHOR turar joy majmuasini taqdimot etadi.

UNION turar joy majmuasi bu – megapolis o‘z aholisiga taklif qila oladigan eng a’losining o‘zaro ittifoqi. Rivojlangan infratuzilmaga ega qulay hududda qad rostlagan, tabiat bilan mukammal uyg‘unlikni o‘zida mujassam etgan panoramali oynali va Anhor daryosi, teleminora hamda Toshkent markazidan turib shaharning beqiyos manzaralari gavdalanadigan keng xonadonlar.

Ushbu majmua barcha eng yaxshi jihatlarni o‘zida mujassam etgan – bog‘li va sohil bo‘ylab keng saylgohli noyob joylashuv, zamonaviy me’morchilik hamda texnologiyalar, xilvat va aholi uchun yuqori darajadagi xavfsizlik, sokinlik va osoyishtalik, markaz va shaharning asosiy diqqatga sazovor joylarining yaqinligi.

Bu yerda hayotingiz cheksiz quvvat, o‘zaro uyg‘unlik hamda qulaylikka to‘la bo‘lishi uchun barchasi ko‘zda tutilgandir.

Foto: Golden House

UNION turar joy majmuasi Anhor daryosi qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, bir nechta bog‘lar – Navro‘z Etnopark, Anhor bog‘i va boshqalar bilan qurshalgan, noyob mikroiqlim, musaffo havo va tinchlik osoyishtalik qo‘nim topgan go‘sha. Loyihaning shahar markazida joylashgani sharofati bilan siz doimo sanoqli daqiqalarda shaharning istalgan nuqtasiga tezda yetib bora olasiz, yo‘lga vaqtni behuda sarflamaysiz va shu bilan birga azim shahar aholisi bo‘lib qolasiz.

Bog‘ning umumiy maydoni 15 gektardan ortiq maydonni egallaydi, unda piyoda sayrlar uchun sohil bo‘yi hududlari, yashil dam olish joylari hamda velosiped yo‘laklari mavjud. Bu yerda siz shunchaki yoqimli sayrlar qilishingiz hamda go‘zal manzaralardan bahramand bo‘lishingiz, faol dam olish bilan shug‘ullanishingiz yoki sayrlarni madaniy tadbirlar bilan o‘zaro birgalikda o‘tkazishingiz mumkin.

Shu bilan birga, turar joy majmuasi devorlari ortida qulaylik va xilvatlik olami yashiringan. Bu sokin hovlisi, soyali dam olish maskanlari, bolalar o‘yin maydonchasi, work-out hududi, kun-u tun qo‘riqlash hamda zamonaviy xavfsizlik tizimlari (IP-videodomofon tizimi, videokuzatuv, Face-ID, aqlli to‘siq, raqamlarni avtomatik o‘qish)ga ega yopiq hududdir.

Foto: Golden House

Yer osti qavatlarida 170 ta mashina o‘ringa mo‘ljallangan 2 qavatli keng avtoto‘xtash joyi mavjud bo‘lib, undan majmuaning bevosita turar joy qismiga lift yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish mumkin.

Hozirning o‘zida kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan barchasi piyoda yurish masofada joylashgan. A.Temur xiyoboni, Shimoliy temiryo‘l vokzali va I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti atigi 10-15 daqiqalik masofa uzoqlikda joylashgan.

Turar joy majmuasi 4 ta turar joy minorasidan iborat bo‘lib, ularning birinchi qavatlarida tijorat binolari joy olishi ko‘zda tutilgan.

Majmua aholisi uchun qulaylik va shinamlik hududi uyga kirish joyidanoq boshlanadi. Panoramali oynali keng kirish joylari orqali aholi qulay kutish hududiga, konserj-xizmati tayanch joyi va mini kutubxonasi bo‘lgan keng vestibyullarga kirib boradi.

UNION TJM bu – butun noyob hayot falsafasi va konsepsiyasiga ega zamonaviy turar joy majmuasi bo‘lib, u yerda shak-shubhasiz yuqori sifat hukm suradi. 

Reklama

Mavzuga oid