Jahon | 15:25 / 30.10.2023
5999
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston bosh vaziri Boku bilan munosabatlarni tartibga solishning uchta tamoyilini aytdi

Pashinyan ular hududiy yaxlitlikni tan olish, mintaqaviy kommunikatsiyalarni ochish, shuningdek, 1991 yilgi Olmaota deklaratsiyasini asos qilib olishni o‘z ichiga olganini qayd etdi.

Foto: Reuters

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasiga erishish uchun tomonlar kelishuvning uchta asosiy tamoyiliga rioya qilishi zarurligini aytdi, deb yozadi TASS.

«Boku bilan tinchlik o‘rnatish va munosabatlarni tartibga solishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan uchta asosiy tamoyil kelishib olindi. Va agar tomonlar bu tamoyillarga rioya qilsa, tinchlik shartnomasi imzolanishi haqiqatga aylanadi», — dedi Pashinyan parlamentda 2024 yilgi budjet bo‘yicha eshituvlar chog‘ida so‘z yuritar ekan.

Armaniston bosh vaziri bu tamoyillarni tushuntirdi: Armaniston hududi 29,8 ming kvadrat kilometr, Ozarboyjonniki esa 86,6 ming kvadrat kilometr ekaniga asoslanib, davlatlar tomonidan bir-birining hududiy yaxlitligini tan olish. Ikkinchi tamoyil, deya qo‘shimcha qildi u, 1991 yildagi Olmaota deklaratsiyasi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishning siyosiy asosiga aylanishi kerak. Uchinchi tamoyil - mamlakatlar suvereniteti, yurisdiksiyasi va qonunchiligini o‘zaro hurmat qilish asosida barcha mintaqaviy aloqalarni ochish, deya xulosa qildi Pashinyan.

Mavzuga oid