Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada «Otis» to‘foni qurbonlari soni 48 kishiga yetdi
To‘fon Akapulko sohilidagi kurortlar yaqiniga yetib kelganidan keyin yana 36 kishi bedarak yo‘qolgan.
Meksikaning Gerrero shtatiga yopirilgan «Otis» to‘foni qurbonlari soni 48 kishiga yetdi, yana 36 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Gerrero shtati gubernatori Evelin Salgado ma’lum qildi.
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador ham qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom etayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbari tabiiy ofat zonasiga borish niyatini bildirdi.
Lopes Obrador hukumat mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin aloqada ekanini ta’kidladi.
Tinch okeanida yuzaga kelgan «Otis» to‘foni 25 oktyabr kuni Meksikaga yaqinlashdi. U Meksikaning janubiy qirg‘oqlariga yopirilgan paytda Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha beshinchi toifaga chiqqan.
To‘fon tufayli o‘n minglab aholi uylariga zarar yetgan.
To‘fonning ehtimoliy oqibatlarini bartaraf etish uchun hududga 17 ming harbiy va politsiyachi safarbar etilgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025