Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi
Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida gaz ta’minoti qisman o‘chiriladi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtda keng ko‘lamli rekonstruksiya, sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli, joriy yilning 30 oktyabr kuni 08:00 dan 31 oktyabr kuni soat 20:00 ga qadar quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Yunusobod tumanida
— Yunusobod-2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-dahalari;
— Anorzor, Shahriston, Kulolqo‘rg‘on, Turkiston, Bobodehqon, Obod mahallalari qisman;
— Moyqo‘rg‘on, Registon, Mirzaahmedova ko‘chalari hamda ToshGRESdagi xonadonlar.
Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarida joylashgan ulgurji iste’molchilar
— 1-sonli qozonxona;
— «Yunusobod metan», «Edem» bolalar uyi, «Drim gaz», «Xubit gaz», «Laziz savdo», «Aleks Ploya biznes», «Delyuks trans servis», «Nak Absolyut» avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS);
— «Edem» bolalar uyi;
— Deutsche Kabel AG, «Toshkent fayz agro», «Macro» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;
— New Medical Services klinikasi;
— 19-daha ro‘parasidagi maishiy xizmat majmuasi.
Shuningdek, Yunusobod tumanidagi qator manzillarda gaz bosimi pasayishi kutilmoqda. Shu sababli, fuqarolardan gaz uskunalariga e’tiborli bo‘lib, ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025