Baliq va hayvon ovlash: mas’uliyatli ovchining qoidalari | “Manzil”
Insonning ilk kasblaridan biri bo‘lgan ov hozir dunyoning aksar hududlarida faqatgina hobbi tarzida saqlanib qolgan. Lekin bu hobbining o‘z mas’uliyati, madaniyati bor. Xo‘sh, qanday qilib tabiatga zarar yetkazmagan holda ovdan zavqlanish mumkin? Ovchilikning qonun-qoidalari qanaqa? “Manzil” bu gal shu haqda so‘z yuritadi.
Tasvirga olish ishlarini Sirdaryo viloyati ovchilar va baliqchilar sport jamiyatiga qarashli ov hududida olib bordik.
Sirdaryo bo‘yida, qalin to‘qayzor bilan qoplangan, qushlar va yovvoyi hayvonlar yashashi va ko‘payishi uchun sharoitga ega hududda 15 oktyabrdan boshlab ov mavsumiga ruxsat beriladi.
Biz suhbatlashgan ovchilar va ekologiya xodimlari bu jarayonda qanday qoidalarga amal qilish, nimalarga e’tibor berish kerakligini aytib o‘tishgan. Ko‘rsatuvni ko‘rib, ov jarayoni qanday tashkil qilinishi kerakligi bilan tanishasiz.
Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024