Lionel Messi - 8 karra «Oltin to‘p» sohibi
Parijda 2023 yil uchun «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning eng yaxshi futbolchisi va yana bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi.
Asosiy mukofot «Inter Mayami» klubi va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.
36 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda milliy jamoasi bilan jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Shuningdek, Leo «PSJ» safida Liga 1da chempion bo‘ldi, Mayami klubi bilan MLS Liga Kubogida g‘olib chiqdi.
Shu tariqa Messi faoliyatida 8-bor jahonning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Bu — rekord.
Top-5dan «Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand (2), «PSJ»ning fransiyalik vingeri Kilian Mbappe (3), «Manchester Siti»ning belgiyalik havbeki Kevin de Bryuyne (4) va ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisi Rodri (5) ham o‘rin oldi.
Marosimda yana bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar e’lon qilindi:
Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona» / Ispaniya)
Yilning eng yaxshi klubi — «Manchester Siti» (Angliya)
Yilning eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona» (Ispaniya)
Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi — Jud Bellingem («Real»/Angliya)
Mavsumning eng yaxshi darvozaboni — Emiliano Martines («Aston Villa»/Argentina)
Mavsumning eng yaxshi hujumchisi — Erling Holand («Manchester Siti»/Norvegiya)
Insonparvalik yordami uchun Sokratis sovrini — Vinisius Junior («Real»/Braziliya)
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
France Football bosh muharriri Vinisius nega «Oltin to‘p» yutmaganini tushuntirdi
15:33 / 30.10.2024
Vinisiusning fanatlari nafratini Rodrining «adash»lariga sochishdi
16:30 / 29.10.2024
Egasini topgan «Oltin to‘p». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?
02:55 / 29.10.2024