Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Adliya tizimi xodimi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Avazxon Bahodirovich Tojixonov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
U 2018 yildan beri adliya tizimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabrida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniyat vazirligi negizida Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etilib, unga Ozodbek Nazarbekov rahbar etib tayinlangandi. 2023 yil iyuliga kelib turizm sohasi vazirlikdan ajratildi va Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bungacha Bahodir Ahmedov va Murod Majidov madaniyat vaziri o‘rinbosarlari lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025