Pashinyan Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida tinchlik o‘rnatishning uchta tamoyilini aytib o‘tdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bu tamoyillarga sodiq qolsa, tinchlik va munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida bitim imzolanadi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan parlamentda so‘zlagan nutqida Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasini imzolash uchun zarur bo‘lgan uchta tamoyil haqida gapirdi. Bu haqda «Armenpress» yozdi.
«Aslida, tan olishim kerakki, Ozarboyjon bilan tinchlik va munosabatlarni tartibga solishning uchta asosiy tamoyili kelishib olingan. Va agar tomonlar bu kelishilgan tamoyillarga sodiq qolsa, tinchlik va munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi ro‘yobga chiqadi», dedi Pashinyan.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, birinchidan, tomonlar bir-birining chegaralarini o‘zaro tan olishi kerak: Armaniston hududi 29800 kv.km.ni tashkil qiladi, Ozarboyjonniki 86600 kv.km. «Ushbu raqamlar Sovet Ittifoqining so‘nggi ensiklopediyalaridan olingan», deb ta’kidladi siyosatchi.
Ikkinchi tamoyil, Pashinyan fikricha, 1991 yilda qabul qilingan Olmaota deklaratsiyasiga rioya qilishdir. Unga ko‘ra, chegaralarni delimitatsiya qilish kerak. Delimitatsiya jarayonida deklaratsiyani qabul qilish vaqtidagi mavjud vaziyatni aks ettiruvchi xaritalarning mavjudligi ham muhim ahamiyatga ega», dedi bosh vazir.
Mamlakatlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga yordam beradigan uchinchi tamoyil - aloqa o‘rnatish, deb hisoblaydi Nikol Pashinyan. Mintaqaviy kommunikatsiyalar tomonlarning suvereniteti va yurisdiksiyasi asosida ochilishi, o‘zaro va tenglik asosida ishlashi zarur.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024