O‘zbekiston | 08:11 / 01.11.2023
3700
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatlari yagona reyestri shakllantirildi

Yagona reyestrga muvofiq, davlat xizmatlarining umumiy soni 886 tani tashkil etadi.

Foto: Kun.uz

Adliya vazirining «Davlat xizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Yagona reyestrga muvofiq, davlat xizmatlarining umumiy soni 886 tani tashkil etadi va ular 96 ta sub’yekt tomonidan amalga oshiriladi. Ulardan 400 taga yaqini bepul.

Xizmat ko‘rsatish shakli bo‘yicha:

300 dan ziyodi – faqatgina elektron tarzda;
278 tasi  - an’anaviy shaklda;
qolganlari – ikki xil shaklda ko‘rsatiladi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2023 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid