Maskning harakatlari tufayli Twitter qiymati 55 foizga tushib ketdi
Ilon Mask ilgari Twitter nomi bilan tanilgan X kompaniyasining qiymatini 19 milliard dollarga baholadi. Bir yil avval milliarder uni 44 milliardga sotib olgan edi.
X kompaniyasining kapitallashuvi Ilon Mask tomonidan sotib olinganidan keyin 55 foizga kamaydi. Milliarderning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir uning qiymati 19 milliard dollarga teng. Maskning o‘zi ijtimoiy tarmoqni 2022 yil oktyabr oyi oxirida 44 milliardga sotib olgan. Bu haqda 30 oktyabr, dushanba kuni kompaniyaning ichki hujjatlariga tayanib The Verge nashri ma’lum qildi.
X xodimlari 30 oktyabr kuni kompaniya aksiyalarini uning yangi bahosiga ko‘ra oldi – har bir aksiya uchun 45 dollar. Hujjatlarda aytilishicha, «aksiyalarning adolatli bozor qiymati X direktorlar kengashi tomonidan belgilanadi», u esa Mask tomonidan hali to‘liq shakllantirilmagan.
X ko‘plab foydalanuvchilar va reklama beruvchilarni yo‘qotdi
2023 yil mart oyida Ilon Mask X kapitallashuvi 20 milliard dollar ekanini aytdi. Biroq, X aksiyalariga egalik qiluvchi Fidelity moliyaviy holding kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning haqiqiy qiymati 15 milliardni tashkil etgan. Bu Twitter Mask tomonidan sotib olingandagi dastlabki narxidan 65 foizga kam.
Pew Research Center tahliliy agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShdagi eng faol Twitter foydalanuvchilarining 25 foizi platformadan kamroq foydalanishni va tvit yozishni boshladi.
Guideline tahliliy firmasi tadqiqotiga ko‘ra, AQShda X tarmog‘idagi oylik reklama daromadi yiliga kamida 55 foizga kamaygan.
Ilon Mask Twitter’ni isloh qildi
Ijtimoiy tarmoqni qo‘lga kiritgandan so‘ng, milliarder foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan bir nechta qarorlar qabul qildi. 2023 yilning 1 iyulida Ilon Mask platformadagi akkaunt egalari kuniga o‘qishi mumkin bo‘lgan tvitlar sonini chekladi va 25 iyulda u Twitter nomini X’ga o‘zgartirdi.
Sentyabr oyida milliarder ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tishni istagan yangi foydalanuvchilar uchun oylik pulli obunani e’lon qildi. Mask o‘zining ko‘pgina qarorlarini X’da botlar ko‘pligi bilan izohladi.
Mavzuga oid
00:15 / 09.11.2024
Axios: Ilon Mask Trampning Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ishtirok etgan
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
20:11 / 07.11.2024
Mask bor kuchi bilan respublikachilarni targ‘ib qildi. Tramp uni qanday taqdirlaydi?
11:50 / 05.11.2024