Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etdi.

Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston yetakchisi tashkilotga raisligida erishilgan asosiy natijalarni qayd etdi, tuzilmani yanada rivojlantirish va turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi fikrlarini bayon qildi, qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun «Turkiy dunyoning oliy ordeni» tantanali topshirildi.
Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi. Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid

17:19
Qo‘shnilarimiz qiynalsa, bir chetda qarab turmaymiz - To‘qayev

16:51
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

16:04 / 10.04.2025