O‘zbekiston | 07:13 / 03.11.2023
18307
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va viloyat markazlarida ayrim transport vositalaridan foydalanish taqiqlanishi mumkin

"Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinishi mumkin:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanuvida bo‘lgan benzin, dizel va gaz dvigatellari bilan jihozlangan M va N toifalardagi g‘ildirakli transport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlar (transport vositalari tashlamalarining normativlari)ga mosligini nazorat qilish tizimini joriy etish;
  • atmosfera havosiga zararli ta’siri transport vositalari tashlamalarining normativlaridan yuqori bo‘lgan transport vositalariga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini va (yoki) ulardan foydalanishni cheklash choralarini tatbiq etish;
  • transport vositalari tashlamalarining normativlarga mosligini nazorat qilish ishlariga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish;
  • hududlarda “Eko post”larni tashkil etish uchun xususiy investitsiya mablag‘larini jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish;
  • gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan M va N toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalarini foydalanish va ularni sotish maqsadida "vaqtincha olib kirish» va «erkin muomalaga chiqarish (import)" bojxona rejimiga joylashtirish ularning zaharlilik darajasi Yevro-4 va undan yuqori yoxud Yevro-4da keltirilgan ekologik talablardan past bo‘lmagan o‘xshash ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibida amalga oshirilishi.

Belgilab qo‘yilishicha:

a) transport vositalari tashlamalarining normativlarga mosligini nazorat qilish laboratoriya sinovlarini o‘tkazish orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • 2024 yil 1 iyuldan boshlab – barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan tashkilotlar foydalanuvida bo‘lgan transport vositalari uchun majburiy tartibda;
  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab – barcha boshqa yuridik shaxslar foydalanuvida bo‘lgan transport vositalari uchun ixtiyoriy tartibda;
  • 2025 yil 1 iyuldan boshlab – barcha jismoniy shaxslar foydalanuvida bo‘lgan transport vositalari uchun ixtiyoriy tartibda;
  • b) atmosfera havosiga zararli ta’siri transport vositalari tashlamalarining normativlaridan yuqori bo‘lgan transport vositalari bo‘yicha:yuridik shaxslarga – kompensatsiya to‘lovlarini tatbiq etish va 2025 yil 1 sentabrdan tashlamalarining normativlarga mosligi tasdiqlanmagan transport vositalaridan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlari hududida foydalanishni man etish;
  • jismoniy shaxslarga – 2025 yil 1 sentabrdan tashlamalarining normativlarga mosligi tasdiqlanmagan transport vositalaridan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlari hududida foydalanishni taqiqlash choralari qo‘llanadi;
  • v) transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarida transport vositalari tashlamalarining normativlarga muvofiqligini baholash talab etilmaydi.

Mavzuga oid