Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat rivojlanishi indeksi OAVda e’lon qilinadi
Raqobat qo‘mitasi har yili 1 iyunga qadar Senatga o‘tgan yildagi davrdagi indeksning holati bo‘yicha hisobot beradi.
Vazirlar Mahkamasining «Raqobat muhitini baholashning samarali tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 yanvarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan har yili Senatga axborot beriladigan Raqobat rivojlanishi indeksi joriy qilingan.
Hujjatga muvofiq, quyidagi vazirlik va idoralar har yili 1 aprelga qadar Raqobat qo‘mitasiga indeksni shakllantirish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi:
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
- Statistika agentligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Transport vazirligi.
Taqdim etiladigan ma’lumotlar:
tegishli bozorlarda davlat ulushlarini qisman yoki to‘liq sotish uchun davlat tomonidan huquqiy hujjat qabul qilinishi kerak yoki kerak emasligi to‘g‘risida ma’lumot;
davlat korxonalarini boshqarish mexanizmlari to‘g‘risida ma’lumot;
davlat xaridlari va ommaviy tenderlarda ishtirok etish talablari;
davlat xaridlarida berilgan imtiyozlar (agar mavjud bo‘lsa);
qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda manfaatdor shaxslarning ishtiroki to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va asoslovchi hujjatlar va boshqalar.
Taqdim etilgan ma’lumot asosida indeks shakllantiriladi va OAVda e’lon qilinadi. Raqobat qo‘mitasi har yili 1 iyunga qadar Senatga o‘tgan yildagi davrdagi indeksning holati bo‘yicha hisobot beradi.
Mavzuga oid
14:25 / 15.04.2025
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqqa ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi
08:00 / 06.02.2025
Yanvar oyi uchun “Palov indeksi” e’lon qilindi
10:30 / 25.10.2024