Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Kiyevga keldi
Yevropa komissiyasi rahbarining Ukrainaga joriy safari - urush boshlanganidan beri beshinchi tashrif.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen 4 noyabr, shanba kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Bu haqda Oliy rada deputati Yaroslav Jyeleznyak o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Yevrokomissiya rahbari Ukraina parlamentida chiqish qilishi kutilmoqda. Ursula fon der Lyayyenning Kiyevga tashrifi Yevropa Ittifoqining Ukraina YeIga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rish borasida erishgan yutuqlari haqidagi hisoboti oldidan sodir bo‘ldi. Ushbu hisobot kelasi haftada taqdim etiladi.
Bu Yevrokomissiya rahbarining urush boshlanganidan beri Ukrainaga beshinchi tashrifidir.
Mavzuga oid
11:30 / 11.10.2024
Fon der Lyayyen Moldovaga katta yordam paketini va’da qildi
09:10 / 09.10.2024
Kiyev noyabrda tinchlik sammiti o‘tkazish rejasidan voz kechdi
09:40 / 08.10.2024
Kiyev RF harbiy kemasi ishdan chiqarilganini e’lon qildi
11:30 / 05.10.2024