Jamiyat | 08:11 / 05.11.2023
28639
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda MChJ direktori o‘rinbosari 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryoda Kadastr agentligi xodimi savdo do‘konining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 1,2 ming dollar so‘radi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida savdo do‘koni olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.B.” ixtisoslashgan savdo kompleksi MChJ direktori o‘rinbosari F.K. fuqaro S.K.ga MChJ balansida yangi qurilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konini tanishlari yordamida olib berishi evaziga 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Kadastr agentligining Oqoltin tuman bo‘limi boshlig‘i S.R. tadbirkor D.T.ning yengil tipdagi savdo do‘konining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida 1,2 ming dollar evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 500 dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid