O‘zbekiston | 23:04 / 06.11.2023
12531
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘ldi - «O‘ztransgaz» 

Ob-havo sharoiti qulay bo‘lgani tufayli omborlardan gaz olinmayapti, balki uni to‘ldirish jarayoni davom etmoqda. 

Foto: «Gazli» gaz ombori

O‘zbekistonning «Gazli» va «Xo‘jaobod» yerosti gaz omborlari 6 noyabr holatiga ko‘ra 98 foizga to‘ldi. Bu haqda «O‘ztransgaz» matbuot xizmati rahbari Shahnoza Ravshanova Gazeta.uz'ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuz-qish mavsumi uchun mo‘ljallangan 3,5 mlrd kubometr gazdan 3,445 mlrd kubometri gaz omborlariga haydalgan. Qayd etilishicha, «Xo‘jaobod» gaz omborining quvvati 900 mln, «Gazli» gaz omborining quvvati esa 3 mlrd kubometrni tashkil etadi. 

Faol gaz saqlash hajmini oshirish loyihasi doirasida «Xo‘jaobod» yer osti gaz omborida 5 ta quduq qazilgan.

Ma’lum qilinishicha, ob-havo sharoiti qulay bo‘lgani uchun omborlardan gaz olish boshlanmagan, aksincha, ularni to‘ldirish davom etyapti.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov sentabr oyida bergan intervyusida yil oxirigacha «Gazli» ombori sig‘imini 4,5 mlrd kubometrga, kelajakda esa 10 mlrd kubometrga yetkazish rejalashtirilganini aytgan.

Mavzuga oid