Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet el fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
Hukumat qarori bilan xet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.
Buning uchun ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, istalgan vakolatli organga o‘zi kelib yoki YaIDXP orqali murojaat etadi. So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHM 5 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
So‘rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng vakolatli organga 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli. Bunda undan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.
Ma’lumotlar tekshirilgach, so‘rovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi. Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida fikrini bildiradi.
Shunga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod qo‘yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025