Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng xavfsiz mamlakatlar reytingida Tojikiston 1-o‘rinni egalladi, O‘zbekiston 4-o‘rinda
Tojikiston Gallup talqini bo‘yicha dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingida Finlandiya va Islandiyani ortda qoldirib, kutilmaganda birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Amerikaning Gallup jamoatchilik fikri instituti o‘tkazgan so‘nggi tadqiqotiga ko‘ra, Tojikiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
2022 yilda 141 mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqotda jinoyatchilik darajasi va mahalliy huquq-tartibot idoralariga ishonchni aniqlash maqsadida 146 mingdan ortiq kishi (har bir mamlakatda kamida bir ming kishi) orasida so‘rov o‘tkazilgan.
Tojikiston 96 ball to‘plab, «Qonun va tartib» reytingida Finlandiya va Islandiya kabi davlatlardan o‘zib ketgan. Qayd etilishicha, so‘rovda qatnashgan tojikistonliklarning aksariyati mahalliy politsiyaga ishonch bildirgan va tungi sayrlarda hech qanday xavf-xatar sezmasligini aytgan.
O‘zbekiston 90 ball to‘plab, Daniya, Indoneziya, Kosovo, Sloveniya kabi mamlakatlar bilan to‘rtinchi pog‘onani egallagan.

Gallup so‘rovda qatnashgan fuqarolarni qanday tanlab olgani va ularga qanday savollar bergani ma’lum emas.
Reytingning so‘nggi pog‘onalarini Afrika qit’asidagi Siyerra Leone (57 ball), Gambiya (56) va Liberiya (49) egallagan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025