YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari mamlakatdagi missiyasini yakunlayapti
Munir Mamedzade 2020 yil sentabr oyida O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari lavozimiga tayinlangandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadeni qabul qildi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida Munir Mamedzade va uning jamoasiga samarali faoliyat hamda O‘zbekistonda xalq uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, ayniqsa, bolalar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Munir Mamedzade 2020 yil sentabr oyida O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari lavozimiga tayinlangani haqidagi YuNISEF ijrochi direktori Xenriyetti For xatini TIVga taqdim etgan edi. U Ozarboyjon fuqarosi. Munir Mamedzade YUNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatida ishlab kelgan Sasha Graumann o‘rniga tayinlangan.
Mavzuga oid
14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi
22:44 / 03.08.2024
Bangladeshdagi namoyishlar oqibatida o‘nlab bolalar halok bo‘ldi - YuNISEF
18:36 / 08.06.2024
O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
09:41 / 16.05.2024