Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada qochqinlar va muhojirlarga oid bahsli qonun loyihasi muhokamasi boshlandi
Fransiyalik senatorlar Fransiyada yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat tibbiy yordamidan mahrum etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.
Fransiya Senati muhojirlar va qochqinlar masalasiga taalluqli bahsli qonun loyihasini muhokama qilmoqda.
Xususan, fransuz senatorlari qonun loyihasining davlat tibbiy yordamidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi moddasini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu moddada mamlakatda yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan shaxslar uchun bepul davolanishni bekor qilish nazarda tutilgan. Fransiya Senati a’zolarining aksariyati bu tashabbusni yoqlab chiqdi.
Bundan buyon qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatda yashash uchun ruxsatnomadan mahrum bo‘lgan shaxslar davlat tomonidan taqdim etilgan bepul davolanish huquqidan foydalana olmaydi, favqulodda holatlar bundan mustasno.
Fransiya Senati shu hafta boshida immigratsiya qonuni loyihasini muhokama qila boshladi.
Qonun loyihasi Senatda ko‘rib chiqilgach, yana Milliy assambleyaga (Fransiya parlamentining quyi palatasi) yuborilishi kutilmoqda. Qonun loyihasini yil oxirigacha ishlab chiqish va tatbiq etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025