Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada o‘zbekistonlik rahbar kadrlar uchun malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi
Janubiy Koreya inson resurslarini boshqarish jarayonini raqamlashtirishda ham yordam beradi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga amaliy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tashrif davomida Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vaziri Kim Sin Xo bilan muloqot tashkil etildi. Muzokaralarda inson resurslarini boshqarish va davlat xizmatini rivojlantirish sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi. Unga ko‘ra, inson resurslarini boshqarish jarayonini raqamlashtirish, davlat xizmati va kompetensiyalarni baholash masalalari bo‘yicha tajriba almashish, rahbar kadrlar uchun Janubiy Koreyada malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etishga qaratilgan qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Otabek Hasanov 25 ta mamlakatning davlat xizmatida inson resurslari masalalari bo‘yicha mas’ul rahbarlari qatorida "Raqamli texnologiyalar rivojlanishining davlat inson resurslari sohasiga ta’siri" mavzusida HR-yetakchilar forumida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi
10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi
15:44 / 05.02.2025