O‘zbekiston va Qatar qo‘shma fond tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniy Buxoro va Toshkentda qator investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temiryo‘llar infratuzilmasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 noyabr kuni Qatarning sobiq bosh vaziri, ushbu mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi.
Qatar delegatsiyasi oliy darajadagi kelishuvlar doirasida respublikada bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Buxoro shahrida zamonaviy mehmonxona majmuasi, Toshkent shahrida yirik logistika markazi, savdo va turar joy majmuasini qurish, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temiryo‘llar infratuzilmasini barpo etish, aeroportlarni modernizatsiya qilish, shuningdek, energetika, metallurgiya, to‘qimachilik sanoati, chorvachilik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.
Ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma fond tashkil etish rejalari ham muhokama qilindi. Loyihalar qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:10 / 03.10.2024
O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
09:10 / 18.07.2024