Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarga ayrim qurilish obektlari bo‘yicha shaharsozlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi
Ularga ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlariga rahbarlik qilish ham taqiqlandi.
2025 yildan sertifikatga ega bo‘lmagan mutaxassislarga yuqori toifali qurilish obektlari bo‘yicha shaharsozlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Qo‘ldoshevning xabar berishicha, shuningdek, ularga ko‘p kvartirali uylarning boshqarish organlariga rahbarlik qilish ham taqiqlandi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab, ekspertiza organlari ekspertlari, nazorat o‘lchovi mutaxassislari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari, viloyat va tuman (shahar) arxitektorlarini o‘qitish, 2024 yil 1 apreldan boshlab, hududiy nazorat inspeksiyalari inspektorlari malakasini oshirish va sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Shu bilan birga, shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida mutaxassislarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Mavzuga oid
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
11:27 / 08.03.2025
Toshkentda xorijiy til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20:00 / 22.02.2025